RentZor – sotib olish shart emas, ijaraga oling

Uyimizda bir-ikki marta ishlatilgan, keyin javonga qo‘yilgan, endi changini artishga ham qo‘l bormaydigan drel, kamera, velosiped, palatka, proyektor shunga o‘xshash jihozlar ko‘p. Bu narsalar sizniki. Ular ishlatilmayapti — shunchaki javonda turibdi.
Aynan mana shu ikki paradoks RentZor’ni dunyoga keltirdi: bir tomonda — bor, lekin ishlatilmaydi; ikkinchi tomonda — kerak, lekin sotib olish qimmat.
RentZor — O‘zbekistondagi birinchi ijara marketpleysi. Sodda qilib aytganda: bir kishi narsasini ijaraga beradi, ikkinchisi ijaraga oladi. Platforma ikkalasini bir joyda uchrashtiradi, jarayon xavfsiz va shaffof bo‘lishini ta’minlaydi.
Platforma kim uchun?
Ijaraga beruvchilar uchun — javonda turgan narsa daromad manbaiga aylanadi. Kunlik ijara narxini kamtarin hisoblasak ham, oyiga bir necha ijara bitimi — bu ortiqcha xarajatsiz passiv daromad.
Ijaraga oluvchilar uchun — bir martalik yoki kamdan-kam kerak bo‘ladigan narsani sotib olish shart emas. Yig‘inlar uchun katta qozon, stol-stul, ta’mirlash uchun drel, — barchasini sotib olishdan o‘nlab baravar arzon ijaraga olish mumkin.
RentZor’da hozir quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
Qurilish asbob-uskunalari;
Sport va fitnes jihozlari;
Elektronika va gadjetlar;
Bog‘ va dam olish uchun jihozlar;
Tadbirlar uchun uskunalar;
Kameralar va foto-video jihozlari. Ro‘yxat har kuni kengayib bormoqda.
Eng muhim savol: bu xavfsizmi?
Yangi platformaga ishonmaslik — bu ortiqcha savol emas, bu to‘g‘ri savol. RentZor’dan foydalanuvchilar shartlarga rozi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tadi. Siz jihozlaringizni ko‘chada uchratgan odamga emas — ismi, profili va platformada tasdiqlangan shaxsga berasiz.
Ikki tomonlama reyting – har bir ijara bitimidan so‘ng tomonlar bir-birini ochiq baholaydi. Past reytingdagi foydalanuvchilar boshqa foydalanuvchilarga tavsiya qilinmaydi.
Shaffof shartlar – barcha narx va shartlar oldindan ko‘rsatiladi. Yashirin to‘lovlar yo‘q, kutilmagan holatlar yo‘q. Kelishuvlar, muzokaralar, barchasi platforma ichida saqlanib qoladi.
RentZor qanday ishlaydi — uch qadam
Ro‘yxatdan o‘tish – rentzor.uz saytiga kiring, 2 daqiqada akkaunt oching.
Qidiring yoki e’lon bering – kerakli narsani kategoriya va shahar bo‘yicha qidiring. Yoki o‘zingizning jihozingizni ijaraga berish uchun e’lon joylashtiring.
Buyumni olishdan avval jihoz egasi bilan shartlarni aniqlashtiring.
Bu shunchaki ijara emas
Dunyo iqtisodiyotida katta o‘zgarish kechyapti. Javonda, omborda turmasin, kerakli odam foydalansin degan yondashuv kuchayib bormoqda. Bu nafaqat tejamkorlik — bu aqlli hayot tarzi. Sizning javoningizda turgan narsa — kimgadir kerak. Kimgadir kerak bo‘lgan narsa — sizda bor. RentZor ikki tarafni bog‘lab beradi.
rentzor.uz – Uyda ishlatilmayotgan narsangiz bormi? Uni daromadga aylantiring.
Gulnoza S.


