RentZor
Blogga
Egalar uchun
08.06.2026(Yangilangan: 29.06.2026)

Uyda yotgan buyumlar sizga oyiga qancha pul topib berishi mumkin?

Uyda yotgan buyumlar sizga oyiga qancha pul topib berishi mumkin?

Bir marta ishlatilgan palatka. Tokchadagi noutbuk stendi. Bayram uchun olinib, keyin unutilgan proyektor. Yoki yiliga ikki marta qo'lga olinadigan perforator.

Bular siz uchun shunchaki "keraksiz narsa" — ammo ayni shu paytda kimdir ularni bir-ikki kunga izlayotgan bo'lishi mumkin.

Men o'zim ham bir muddat shu holatda bo'ldim: uyda bir nechta jihozim bor, ularni o'zim yiliga 2-3 marta ishlataman, xolos. Sotishga ham qo'lim bormaydi — lekin shunchaki chang bosib yotishi ham isrofgarchilik. 

Aytaylik, uyingizda 4-5 ta shunday buyum bor: proyektor (kuniga ~50 000 so'm), perforator (~20 000 so'm), velosiped (~30 000 so'm), noutbuk yoki kamera (~60 000 so'm). Har biri oyiga atigi 3-4 marta ijaraga chiqsa — bu 3 milliondan 6 million so'mgacha qo'shimcha daromad. Hech narsa sotmaysiz, hech narsa yo'qotmaysiz.

Kami 1 milliondan daromad qilishingiz mumkin

Platforma juda oddiy: o'z buyumingizni e'lon qilasiz, boshqalar esa uni vaqtincha ijaraga oladi. Foydalanish tugagandan keyin qaytarishadi — siz esa daromad olasiz.

Xavfsizlik masalasida ham o'ylab ko'rilgan: ro'yxatdan o'tishda shaxsingiz MyID orqali tasdiqlanadi, hujjat skanerlash yoki alohida ariza kerak emas. Keyin shartnomaga rozilik bildirasiz, buyumning rasmlarini joylaysiz — moderator ko'rib chiqqanidan keyingina e'lon hammaga ko'rinadi. Bu ikki tomonga ham — ijaraga beruvchiga ham, oluvchiga ham ishonchli muhit yaratadi.

Kimdir buyumingizni band qilmoqchi bo'lsa, siz Telegram'da @RentZor_bot orqali bildirishnoma olasiz: kim, qaysi buyum, qancha muddatga. Rozilik bildirsangiz — bitim tuziladi.

Kechikish va to'lovlar

Har bir ijara uchun aniq muddat belgilanadi. Agar ijaraga oluvchi buyumni bir soatdan ortiq kechiktirsa, platforma avtomatik jarima hisoblaydi — bu qo'shimcha nazorat yoki muzokaraga vaqt sarflashingizni yo'q qiladi.

To'lovlar ham oddiy: buyum qaytarilgandan keyin pul RentZor balansiga tushadi, o'zingizga qulay vaqtda bank kartangizga yechib olasiz. Soliq masalasi ham o'z-o'zidan hal bo'ladi — foyda solig'i platforma tomonidan avtomatik hisoblab to'lanadi. Ya'ni 100 000 so'm tushgan bo'lsa, qo'lingizga 88 000 so'm keladi, boshqa hujjat yoki murojaat kerak emas.

Sotmaysiz. Yo'qotmaysiz. Shunchaki yotgan narsadan passiv foyda kurasiz.

#passiv daromad
#qo'shimcha daromad
#uydan daromad topish
#qanday pul ishlash
#daromad manbai
#narsa ijaraga berish
#ijara daromadi
#onlayn ijara
#sharing economy
#MyID
#RentZor
#Toshkent
#passive income Uzbekistan
#пассивный доход Узбекистан
#дополнительный доход

Abubakr M.