Piknikka chiqmoqchimisiz? Kerakli narsalarni sotib olishga shoshilmang

Tasavvur qiling — do'stlar bilan bir kunlik piknik, to'rt kishi. Agar hamma narsani sotib olsangiz: palatka, mangal, plita, sovutgich sumka — kamida 1-2 million so'm ketadi. Agar ijaraga olsangiz, xuddi shu narsalar bir kunga 150-400 ming so'mga tushadi. Qolgan pul go'sht va kayfiyatga ketadi.
Bularning hammasini sotib olsangiz, piknik o'zi emas, xarajati esda qoladi.
Bir marta uchun sotib olish shart emas
Piknik yiliga necha marta bo'ladi? Ko'pchilik uchun 3-5 marta, ba'zilar uchun undan ham kam. Lekin shu bir necha kun uchun to'liq jihozlanishga ko'p pul kerak.
Ijaraga olsangiz:
Faqat kerak bo'lgan kun uchun to'laysiz
Uyda joy band bo'lmaydi
Keyingi safar boshqa narsa sinab ko'rishingiz mumkin
Piknikka nima ijaraga olsa bo'ladi?
Palatka — bir kechalik safargа eng ko'p kerak bo'ladigan narsa. Sotib olsangiz, yiliga 2-3 marta ishlatib, qolgan vaqt chang bostirib qo’yasiz.
Mangal — go'sht qovurish uchun. Har safar olib chiqish og'ir, uyda saqlash noqulay.
Turistik gaz plitasi — choy qaynатish, ovqat isitish uchun. Kam ishlatiladi, lekin o'tda ovqat pishirmoqchi bo'lsangiz, usiz iloji yo'q.
Sovutgich sumka — ichimliklar va oziq-ovqatni salqin saqlash uchun. Ayniqsa issiq kunlarda zarur.
SUP-taxta — suvda turib eshkak eshib suzadigan taxta. Charvoq, Toshkent dengizi yoki boshqa suv havzasi yaqiniga chiqsangiz, bu narsa piknikni yanada esda qolarli qiladi. Sotib olish qimmat, bir kunlik ijarasi esa ancha arzon.
Qanday ijaraga olish mumkin?
RentZor saytiga kiring
Kerakli narsani toping va muddatni belgilang
Telegram orqali buyurtmangiz tasdiqlanadi
Kelishilgan vaqtda olib ketasiz — piknikdan keyin qaytarasiz
Tabiatga chiqishdan oldin bir qarang, kerakli buyumlar tayyor turibdimi.
Abubakr M.


