Sotib olib, ijaraga berish va passiv daromad qilish mumkin bo'lgan 5 ta buyum

1. O'yin pristavkasi (PlayStation yoki Xbox)
Pristavkani ko‘pchilik doimiy emas, faqat do‘stlar yig‘ilganda yoki bayramlarda ishlatmoqchi bo‘ladi. Lekin narxi qimmat bo‘lgani uchun sotib olishda ikkilanadi.
Nima uchun ishlaydi:
Shanba-yakshanba va bayram kunlari ko‘p so‘raladi
Yoshlar va talabalar orasida mashhur
Kechki o‘tirishlarda aynan kerak bo‘ladi
*Narsa shikastlanib qolmasligi uchun RentZor har bir buyumga himoya beradi — siz ortiqcha urinmaysiz.
2. Nargila
Tabiatga chiqish, do'stlar bilan o'tirish yoki bayram kechalarida nargila ijaraga olish odatiy holga aylanib bormoqda. Ustiga tamaki, ko'mir va bir martalik shnur ham taklif qilsangiz — bitta ijaradan tushadigan pul yanada ko'payadi.
3. Gilam va mebel yuvadigan changyutgich
Deyarli har bir uyda bir-ikki oyda bir marta gilam yoki divan yuviladigan kun bo'ladi. O'sha kuni bu changyutgich juda kerak — lekin ertasiga yana javonga qaytadi.
Aynan shu sabab odamlar uni sotib olishdan ko'ra ijaraga olishni afzal ko'radi:
Divan yoki kreslo tozalash uchun
Gilam yuvish uchun
To'shak tozalash uchun
Mashina ichini tozalash uchun
Agar bunday changyutgichingiz bo'lsa — u sizning uyingizda yotmasdan, oyiga bir necha marta pul ishlashi mumkin.
4. Mashina tirkamasi
Ko'chib o'tish, mebel yoki qurilish materiali tashish kerak bo'lgan kuni tirkama bo'lmasa, ish oldinga bormaydi. Lekin u har kuni kerak emas — olib kelinadi, ishlatiladi, qaytariladi.
Aynan shu sabab odamlar tirkamani sotib olishdan ko'ra ijaraga olishni afzal ko'radi:
Ko'chib o'tishda
Mebel tashishda
Qurilish materiali olib kelishda
Boshqa yirik narsalarni tashishda
Agar tirkamangiz bo'lsa — u ko'chada emas, kerak bo'lgan kuni birovga xizmat qilib, sizga pul ishlashi mumkin.
5. SUP-taxta
Yoz oylarida ko'llar, daryolar va dam olish joylarida SUP-taxtaga qiziqish oshadi. Bu — suvda turib eshkak eshib suzadigan taxta.
Bir marta ijaraga berish atigi 20–30 daqiqa — ya'ni bir kunda bir taxtadan bir necha marta pul ishlash mumkin. Mavsumiy bo'lsa ham, yoz davomida yaxshi pul to'planadi.
Har qanday qimmat narsa sotib olishdan oldin o'zingizga bitta savol bering: Buni ijaraga bera olamanmi? Agar javob "ha" bo'lsa — bu shunchaki xarajat emas, kelajakdagi daromad.
O'yin pristavkasi, nargila, gilam yuvadigan changyutgich, mashina tirkamasi va SUP-taxta — bularning barchasi RentZor orqali ijaraga berilishi, o'z pulini qoplashi va sof foyda keltirishi mumkin.
Abubakr M.


